“Xalqlar do‘stligi kuni”
2025-yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Kitobxon onalar kuni” doirasida “30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni” mavzusida davra suhbati hamda yozuvchi Iqboloy Umarovaning “O‘gay taqdir” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar 30-iyul sanasining “Xalqlar do‘stligi kuni” sifatida e’lon qilinishi va ushbu kun mamlakatimizda alohida bayram sifatida keng nishonlanayotgani haqida fikr bildirdilar.
Taqdim etilgan yozuvchi Iqboloy Umarovaning “O‘gay taqdir” kitobida muallifning sara qissa va hikoyalari jamlangan. Asarlarda inson taqdiri, hayot sinovlari, turmush tashvishlari, quvonch va shodliklar, shuningdek, muallifning bolalik xotiralari va hayotdan olgan saboqlari yoritilgan.
Mazkur kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir o‘quvchi unda o‘ziga kerakli saboq va javoblarni topishi shubhasiz.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
