Kutubxona nizomi
Tuman axborot-kutubxona markazlari hududdagi axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;
hududdagi axborot-kutubxona muassalarida tasdiqlangan normative-huquqiy hujjatlarni bajarilishini muvofiqlashtiradi;
tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kutubxona fondini doimiy to‘ldirib boradi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik xizmatlar to‘grisida to‘liq ma’lumot berish;
pullik xizmatlar ro‘yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida o‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar so‘roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari bo‘yichama’lumot berish;
intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;
tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan maqsadli foydalanish.
V. Markazni boshqarish
16. Tuman axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Axborot- kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.
17. Tuman axborot-kutubxona markazi Nizomi Hududiy axborot-kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali tuman moliya bo‘linmasi bilan kelishgan holda tuman axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
18. Tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatiga mahalliy hokimlik bilan kelishgan holda hududiy axborot-kutubxona markazi direktori tavsiya etgan, Milliy kutubxona direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
19. Tuman axborot-kutubxona markazi direktori umumiy rahbarlikni olib boradi hamda Milliy kutubxona raxbari va hududiy axborot-kutubxona markazi direktoriga hisobot beradi.
VI. Tuman axborot-kutubxona markazi direktorining vakolat va majburiyatlari
20. Tuman axborot-kutubxona markaziga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
21. Tuman axborot-kutubxona markazi xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini, ushbu Nizomdan kelib chiqib, tarkibiy tuzilmalarning vazifalarini belgilaydi, lavozim yo‘riqnomalarini, ichki tartib-qoidalarga oid normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
22. Tuman axborot-kutubxona markazi direktori bevosita Milliy kutubxona hamda Hududiy axborot kutubxona-markazi direktorlariga bo‘ysunadi.
23. Tuman axborot-kutubxona markazida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va foydalanuvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi.
24. Tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va xodimlari bilan mehnat shartnomalari(kontraktlari) tuzadi va ularning amal qilishini to‘xtatadi.
25. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va xodimlarini rag‘batlantirish chora- tadbirlarini ko‘radi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi.
26. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq belgilangan tartibda viloyat axborot-kutubxona markazi mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi.
27. Tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi.
28. Axborot-kutubxona resurslaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni nazorat qiladi.
29. Tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kutubxona fondlari, shu jumladan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar, mavjud moddiy-texnika bazani belgilangan tartibda saqlash va rivojlantirish, bino, inshootlar, asbob-anjomlar va boshqa mol-mulkni saqlash va ulardan zarur darajada foydalanish uchun javobgardir.
30. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
31. Tuman axborot-kutubxona markazi direktori xizmat safari, mehnat ta’tili, bemorlik davrida Milliy kutubxona direktori bilan kelishilgan holda lavozimni vaqtincha bajarish boshqa mas’ul xodimga yuklatiladi.
tuman axborot-kutubxona markazlari hududdagi axborot-kutubxona muassasalarida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar, statistik va boshqa ma’lumotlarni tayyorlaydi hamda belgilangan muddatlarda hududiy axborot-kutubxona markaziga taqdim etadi;
hududdagi axborot-kutubxona muassalarida tasdiqlangan normative-huquqiy hujjatlarni bajarilishini muvofiqlashtiradi;
tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kutubxona fondini doimiy to‘ldirib boradi;
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha xizmat turlari, shu jumladan pullik xizmatlar to‘grisida to‘liq ma’lumot berish;
pullik xizmatlar ro‘yxati va tasdiqlangan preyskurant asosida o‘rnatilgan tartibda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
foydalanuvchilar so‘roviga asosan mavjud axborot-kutubxona fondlari bo‘yichama’lumot berish;
intellektual mulk sohasida qonunchilikka rioya qilish;
tuman axborot-kutubxona markazining moddiy-boyliklarini asrab-avaylash, bino va inshootlardan maqsadli foydalanish.
V. Markazni boshqarish
16. Tuman axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Axborot- kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun va ushbu Nizom asosida yuritadi.
17. Tuman axborot-kutubxona markazi Nizomi Hududiy axborot-kutubxona markazi tomonidan, shtatlar jadvali tuman moliya bo‘linmasi bilan kelishgan holda tuman axborot-kutubxona markazi direktori tomonidan tasdiqlanadi.
18. Tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatiga mahalliy hokimlik bilan kelishgan holda hududiy axborot-kutubxona markazi direktori tavsiya etgan, Milliy kutubxona direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
19. Tuman axborot-kutubxona markazi direktori umumiy rahbarlikni olib boradi hamda Milliy kutubxona raxbari va hududiy axborot-kutubxona markazi direktoriga hisobot beradi.
VI. Tuman axborot-kutubxona markazi direktorining vakolat va majburiyatlari 20. Tuman axborot-kutubxona markaziga yuklangan vazifalarni bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
21. Tuman axborot-kutubxona markazi xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini, ushbu Nizomdan kelib chiqib, tarkibiy tuzilmalarning vazifalarini belgilaydi, lavozim yo‘riqnomalarini, ichki tartib-qoidalarga oid normativ hujjatlarni tasdiqlaydi;
22. Tuman axborot-kutubxona markazi direktori bevosita Milliy kutubxona hamda Hududiy axborot kutubxona-markazi direktorlariga bo‘ysunadi.
23. Tuman axborot-kutubxona markazida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va foydalanuvchilar uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi.
24. Tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va xodimlari bilan mehnat shartnomalari(kontraktlari) tuzadi va ularning amal qilishini to‘xtatadi.
25. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyat axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va xodimlarini rag‘batlantirish chora- tadbirlarini ko‘radi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi.
26. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga va ushbu Nizomga muvofiq belgilangan tartibda viloyat axborot-kutubxona markazi mol-mulki va mablag‘larini tasarruf etadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi.
27. Tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi.
28. Axborot-kutubxona resurslaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni nazorat qiladi.
29. Tuman axborot-kutubxona markazi axborot-kutubxona fondlari, shu jumladan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar, mavjud moddiy-texnika bazani belgilangan tartibda saqlash va rivojlantirish, bino, inshootlar, asbob-anjomlar va boshqa mol-mulkni saqlash va ulardan zarur darajada foydalanish uchun javobgardir.
30. Tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
31. Tuman axborot-kutubxona markazi direktori xizmat safari, mehnat ta’tili, bemorlik davrida Milliy kutubxona direktori bilan kelishilgan holda lavozimni vaqtincha bajarish boshqa mas’ul xodimga yuklatiladi. 32. Tuman axborot-kutubxona markazi direktorining majburiyatlari:
Tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatiga umumiy rahbarlikni olib borish;
rahbarlikning o‘ziga xos jihatlarini, boshqaruv psixologiyasini, tashabbuskorlik, liderlik sifatlarni va boshqaruv qarorlarini qabul qila olish ko‘nikmasini oshirib borish;
Tuman axborot-kutubxona markazining muhri va shtamplari, me’yoriy hujjatlarini saqlash;
Tuman axborot-kutubxona markazining budjet va budjetdan tashqari mablag‘larini maqsadli hamda qonuniy sarflanishini ta’minlash;
bo‘linmalarning ish rejalarini tasdiqlash va hisobotlarni talab qilish, faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va joriy qilish ustidan umumiy nazorat olib borish;
Tuman axborot-kutubxona markazi moddiy-texnik bazasini saqlash va rivojlantirish, foydalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mutaxassis- xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash;
Tuman axborot-kutubxona markazida mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, mutaxassis-xodimlarning mehnat samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlarni belgilash va ularni amalga oshirishni nazorat qilish; Tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan OAV, rasmiy veb-sayt orqali tarqatiladigan ma’lumot va axborotlarni haqqoniyligini nazorat qilish va javobgarlikni o‘z zimmasiga olish;
Qonun talablari asosida fuqarolar va mutaxassis-xodimlarning ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish va o‘rnatilgan tartibda javob berish;
Tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassis-xodimlarini malakaviy talablarga hamda mehnat shartnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi talablariga binoan ishga qabul qilish va mehnat qonunchiligiga asosan ishdan bo‘shatish;
Tuman axborot-kutubxona markazida axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish, soha rivoji va foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini ishga tadbiq etish yuzasidan takliflar kiritish;
Tuman axborot-kutubxona markazi xizmatlari rahbar va mutaxassis- xodimlarini majburiyatlarini taqsimlash;
moddiy javobgar shaxslarga biriktirilgan axborot-resurs, moddiy boyliklarni saqlanishi, to‘liqligi va butligini ta’minlash bo‘yicha tegishli sharoitlar yaratish, hisobotlarini talab qilish hamda takliflarini ko‘rib chiqish;
tuman axborot-kutubxona markazi faoliyatini takomillashtirish, mutaxassis-xodimlarni kasbiy ko‘nikmasi, tajribasidan kelib chiqib, yuqori lavozimlarga ko‘tarish choralarini ko‘rish va tegishliligi bo‘yicha Milliy kutubxona rahbariyatiga tavsiyalar kiritish.
VI. Tuman axborot-kutubxona markazi mol-mulki va mablag‘lari
33. Tuman axborot-kutubxona markazining moliyaviy mablag‘lari:
byudjet mablag‘lari;
pullik xizmatlar ko‘rsatish orqali olinadigan byudjetdan tashqari mablaglar;
Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa moliyaviy manbalar.
34. Tuman axborot-kutubxona markazi balansidagi bino va inshootlar, axborot-kutubxona fondi va boshqa mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi.
35. Tuman axborot-kutubxona markaziga biriktirilgan, boshqarish huquqi berilgan mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish masalalarini nazorat qilish qonunchilik doirasida amalga oshiriladi.
VII. Markazni qayta tashkil etish va tugatish
36. Tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etish va tugatish (qo‘shish, bo‘lish, o‘zgartirish, muvofiqlashtirish, optimallashtirish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Tuman axborot-kutubxona markazini qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (moliya-xo‘jalik, shaxsiy tarkibga oid va boshqa hujjatlar)qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
38. Tuman axborot-kutubxona markazini tugatishda uning arxiv hujjatlari hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunchilikda belgilangantartibda topshiriladi.
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona
markazi direktori M.Umirjonova
