Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_millat_xotirasi

 

  

#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_millat_xotirasi

Tarix sahifalarida shunday qora kunlar borki, ularni unutish - kelajakka xiyonatdir. XX asrning 30-50-yillarida minglab begunoh insonlar "xalq dushmani" tamg'asi ostida qatag'onga uchradi, orzu-umidlari, ilm-maʼrifatga bo'lgan intilishlari zo'ravonlik bilan to'xtatildi. Ular orasida yurt ravnaqi uchun jon kuydirgan jadidlar, ziyolilar, adiblar, davlat va jamoat arboblari bor edi.

Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida "Qatag'on qurbonlari" burchagi tashkillandi. "Qatag'on qurbonlari – bu nafaqat o'tmish fojeasi, balki bugungi tinch va ozod hayotimizning qimmatini anglatib turuvchi ibratdir. Ularning fidoiyligi, Vatanga bo'lgan muhabbati va haqiqat yo'lidagi jasorati hech qachon unutilmaydi.

Bugun biz ularning muborak xotirasi oldida bosh egamiz, nomlarini eʼzoz bilan tilga olamiz. Ularning hayoti va faoliyati yosh avlod qalbida vatanparvarlik, adolat va maʼrifatga sadoqat tuyg'ularini kamol toptiradi.

Oʻxshash yozuvlar

#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_millat_xotirasi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi