Kitob_tafakkur_xazinasi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida “Kitob tafakkur-xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg'ona tumani hokimi o'rinbosari Ilhomjon Toshpo'latov ishtirok etdi.
U o'z so'zida oʻqish kitobxonlik kelajakdagi muvaffaqiyatlar bilan ham bevosita, ham bilvosita bog‘liqdir. Zero, ko‘p kitob o‘qiydigan odam yangi axborot va ma’lumotlarni oson qabul qiladi, tezroq o‘rganadi, shu bilan bir qatorda, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan harakat qiladi. Aynan shundan kelib chiqib, ushbu raqamli texnologiyalar asrida o‘qish va tushunish qobiliyati insonlardagi raqobatbardosh ustunlikka aylanib bormoqdaligini ta'kidlab o'tdi.
Tadbir davomida faol kitobxonlar tomonidan sahna ko'rinishlari, kuy-qo'shiqlar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi va Fargʻona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandilar.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
