Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“Gender tengligi: huquq va imkoniyatlar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

“Gender tengligi: huquq va imkoniyatlar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-40-sonli Farmoyishining 2-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi” doirasida Farg‘ona viloyat tumani axborot-kutubxona markazida “Gender tengligi: huquq va imkoniyatlar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.
 

Tadbir Farg‘ona viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Farg‘ona tuman  Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Seminarda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi mutaxassislari va ekspertlari, Farg‘ona tumani mahallalaridagi xotin-qizlar faollari, aholi vakillari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, ta’lim va mehnat sohasidagi teng imkoniyatlarini ta’minlash, shuningdek, oilalarda sog‘lom va teng huquqli munosabatlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat mutaxassislari va ekspertlari tomonidan gender tengligi, xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.



Seminar yakunida ishtirokchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan fikr almashilib, gender tengligini ta’minlash borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini mahallalarda yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Oʻxshash yozuvlar

“Gender tengligi: huquq va imkoniyatlar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi