“Dilkusho” mahallasida mahalla raisi saylovi o‘tkazildi
Bugun ertalabdan Farg‘ona tumani “Dilkusho” mahallasida saylov bayramona ruhda (https://fargonatuman.uz/news/6813b4e37d27a7b75f5bd0bd) boshlandi. Erta tongda mahalla hududida karnay-surnay sadolari yangradi. Sababi – ushbu mahallada joylashgan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tdi.
Saylov tadbiri munosabati bilan maktab hovlisida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham tashkil etildi. Jumladan, Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Unda turli janrdagi adabiyotlar, zamonaviy va klassik asarlar, bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan kitoblar aholi e’tiboriga havola qilindi.
Shu bilan birga, maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilar va mahalliy hunarmandlarning qo‘l mehnati mahsulotlari namoyish etilgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi va milliy bezak san’ati namunalarini tomosha qilish imkoni bo‘ldi.
Saylov tadbiri oldidan ishtirokchilarga Farg‘ona tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan kuy-qo‘shiqlardan iborat badiiy dastur namoyish etildi. Mahalliy san’atkorlar ijrosidagi jonli kuy va qo‘shiqlar saylovga tashrif buyurgan fuqarolar kayfiyatini ko‘tardi.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
