“Asarlari asr oshgan adib”

“Asarlari asr oshgan adib”
Bugun Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazi tumandagi 55-umumiy o'rta ta'lim maktabi faol kitobxonlari va kutubxona xodimi bilan hamkorlikda o‘zbek adabiyotining zabardast namoyandasi Gʻofur Gʻulom tavalludiga bagʻishlangan “Asarlari asr oshgan adib” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida adibning boy ijodiy merosi, uning asarlarida aks etgan insonparvarlik, vatanparvarlik va hayotiy falsafa haqida atroflicha fikr almashildi. Ishtirokchilar tomonidan Gʻofur Gʻulomning sheʼrlari va hikoyalaridan namunalar oʻqilib, ularning bugungi kundagi ahamiyati muhokama qilindi.
Davra suhbati kitobxonlarda adib ijodiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, milliy adabiyotimizni chuqur oʻrganishga undashga xizmat qildi.

Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
