Davlat xizmatchilari kitobxonlikni targ‘ib etishga bel bog‘ladilar
Farg‘ona viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida viloyat hokimining “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarga oid qarori qabul qilindi.
Mazkur tashabbus doirasida Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosarlari va tuman hokimligi apparat xodimlari tuman Axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar. Tadbir davomida ishtirokchilar kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitob o‘qish orqali bilim va tafakkurni yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Davlat xizmatchilari tomonidan ushbu loyihaning amalga oshirilishi aholi orasida kitobxonlikni ommalashtirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, davlat boshqaruvida faoliyat yurituvchi xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirishga ham turtki bo‘lishi kutilmoqda.
Oʻxshash yozuvlar

Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning oktyabr oyi ish rejasi
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning oktyabr oyida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy Tadbirlar rejasi
Batafsil oʻqish
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning sentabr oyida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy Tadbirlari
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning sentabr oyida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy Tadbirlar rejasi T/R Tadbirnomi Tadbirformati Muddati Tadbirningyoritilishmanbaasi Ma…
Batafsil oʻqish
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning iyul oyida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy Tadbirlar rejas
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2026-yilning iyul oyida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi T/R Tadbir nomi Tadbir formati Muddati Tadbirning yoritilish manbaasi M…
Batafsil oʻqish
Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazining 2026yil iyun ma'naviy-marifiy tadbirlar rejasi
T/R Tadbir nomi Tadbir formati Muddati Tadbirning yoritilish manbaasi Madaniyat va san’at yo‘nalishi bo‘yicha: 1. 1- Iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolalarga bering dun…
Batafsil oʻqish
