Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e'lon qilinadi!

Kitob - inson tafakkurining bebaho gultoji, qalb olamining go'zal naqshi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam asosidir.

? Kitoblar - har bir shaxsni yuksak ma'naviyat va ma'rifatga yetaklovchi beminnat xazina, yo'l ko'rsatuvchidir.

? Kitobxon millat - o'z dunyoqarashi va tafakkuriga ega, salohiyatli va qudratli xalqdir.

? Shahrisabz davlat pedagogika instituti va homiylar tomonidan “KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli  videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e'lon qilinadi!

✅ Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 soniyadan 1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi.

? Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar @elzodauktamqizi telegram manziliga topshiriladi.

✅ Tanlovda g'oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:

? Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan  10 nafar ( jami 20 nafar) ijodkor 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 

? Yana 20 nafar ishtirokchi "Izlam" toʻplami bilan ragʻbatlantiriladi.

Bu hali hammasi emas!!!

? Shuningdek, 100 nafar rag'batlantiruvchi o'rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o'ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.

? Barcha g'oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so'lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!

Kitob ma'rifati bilan yashash saodati barchamizga nasib etsin!

?  (https://t.me/kitobxonlik_madaniyatii)Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram (https://t.me/ShDPIuz) | Instagram (https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag) | Facebook (http://facebook.com/shdpi.uz) |You tube (https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag) | shdpi.uz|

Oʻxshash yozuvlar