Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi boshlandi

Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 55-umumta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘z ishini boshladi.

Tanlovda ishtirokchilar ikki toifada bellashmoqdalar. Birinchi toifa — 6, 7 va 8-sinf o‘quvchilaridan, ikkinchi toifa esa 9 va 10-sinf o‘quvchilaridan iborat.

Tanlov jarayonlarini tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Yuldashev nazorat qilib bordi. U o‘quvchilarga muvaffaqiyatlar tilab, bunday tanlovlar yosh avlodni tarixiy meros va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Oʻxshash yozuvlar