Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”

Joriy yilning 13–14-mart kunlari respublikamiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Fargʻona tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi ham ushbu ezgu tadbirda faol ishtirok etmoqda. Hashar davomida kutubxona hududi obodonlashtirilib, maskanimiz yanada fayzli va ko‘rkam holga keltirildi. 
Hashar — bu xalqimizning qadimiy qadriyatlaridan biri bo‘lib, u hamjihatlik, birdamlik va yurtga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.

Barchani ushbu xayrli va savobli tadbirda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Obod yurt — farovon hayot garovi!

   

Oʻxshash yozuvlar

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi