Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Yoz_oʻtmoqda_soz

Farg‘ona tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarga qaratilgan bir qator foydali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida o'quvchi yoshlarni yozgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazishlari uchun turli tadbirlar tashkillanmoqda. Joriy yilning 21-iyul kuni Fargʻona tumani AKM xodimlari tumandagi 43-sonli maktab oʻquvchilari ishtirokida yoshlarni yozgi ta’tilni maroqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida "Yoz oʻtmoqda soz "loyixasi asosida 20- iyul Butunjaxon shaxmat kuni munosabati bilan "Bilimimizni charxlaymiz" nomli shaxmat musoboqasi tashkillandi. Musoboqada oʻzining bilimi yuqoriligi bilan Mo'minjonov Abdullajon,Oʻktamjonov Oyatbek, Isroilov Bexruzbeklar faxrli oʻrinlarni egallashdi hamda AKMning faxri yorligi bilan taqdirlandilar.

Oʻxshash yozuvlar