Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Yoz_oʻtmoqda_soz

Farg‘ona tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarga qaratilgan bir qator foydali tadbirlar amalga oshirilmoqda. Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida o'quvchi yoshlarni yozgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazishlari uchun turli tadbirlar tashkillanmoqda.Bugun Fargʻona tumani AKM xodimlari tuman bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida "Yoz oʻtmoqda soz " loyihasi doirasida "Men sevgan asar" nomli kitob koʻrgazmasi oldida kitob taqdimoti oʻtkazdilar.Taqdimotda bolajonlar tomonidan Erkin Malikning "Shaytonvachchaning nayranglari", Chingiz Aytmatovni "Askar bola" kitoblari taqdimoti oʻtkazildi. Asarlar yuzasidan oʻtkazilgan viktorina savollariga bolajonlar faol ishtirok etdilar. Bilimdon oʻquvchilar tuman AKM tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Oʻxshash yozuvlar

#Yoz_oʻtmoqda_soz | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi