Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Yoshlar kuni “Bir kitob – bir hayot”

Yoshlar kuni “Bir kitob – bir hayot”

#Yoshlar_kuni 
“Bir kitob – bir hayot” 

Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari "Yoshlar kuni" munosabati bilan “Bir kitob – bir hayot” loyihasi doirasida tumandagi 43- umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkillangan yozgi oromgohda o'quvchi yoshlari bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdilar.

Tadbirda axborot-kutuibxona rahbari Malikaxon Umirjonova yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa orqali bilim va tafakkurni boyitish masalalariga alohida e’tibor qaratgan holda  Qirg'iz adibi Ch.Aytmatovning "Birinchi muallim" asari taqdimot qilindi.

Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashib, asarlardan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
? Kitob – inson hayotini o‘zgartiruvchi, ma’naviy kamolot sari yetaklovchi eng yaqin hamrohdir.

   

Oʻxshash yozuvlar

Yoshlar kuni “Bir kitob – bir hayot” | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi