Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Xalqaro muzeylar kuni

Xalqaro muzeylar kuni

Farg'ona tumani axborot -kutubxona markazi Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar Farg'ona Davlat universiteti talabalari hamda kitobxonlar uchun muzeyga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar muzeydagi tarixiy eksponatlar, milliy qadriyatlar va ajdodlarimiz merosini aks ettiruvchi noyob buyumlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir ishtirokchilarda tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirish, milliy merosimizni asrab-avaylash hamda ma’naviy dunyoqarashni boyitishga xizmat qildi. Muzey bo‘ylab ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan qiziqarli ma’lumotlar berilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

      

 

Oʻxshash yozuvlar

Xalqaro muzeylar kuni | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi