#Vatan_himoyasi_konstitutsiyaviy_burch

#Vatan_himoyasi_konstitutsiyaviy_burch
Harbiy xizmatchilar o‘rtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va uning hayotimizdagi ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida axborot- kutubxona markazida 5-post askarlari ishtirokida “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” mavzusida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari — inson qadri ustuvorligi, sha’n va qadr-qimmat daxlsizligi, erkinlik va tenglikning kafolatlari, shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 2023-yil 30-apreldagi referendum natijasida qabul qilingan Yangilangan Konstitutsiyaning mazmuni, undagi ijtimoiy davlat tamoyili, inson huquqlarini yanada keng kafolatlash, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehnatkashlar huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan o‘zgarishlar alohida yoritib o‘tildi.

Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
