Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Vatan_farzandlari_umid_nihollari

   

  

#Vatan_farzandlari_umid_nihollari

Vatan – bu bizning ona bag‘rimiz, tariximiz, bugunimiz va kelajagimizni birlashtiruvchi ulug‘ maskan. Uning ravnaqi, ertangi kuni va buyuk orzulari esa aynan bugungi avlod – vatan farzandlarining qo‘lida. Shuning uchun ham yoshlarimiz “umid nihollari” deb e’zozlanadi. Chunki ular jamiyatimizning taraqqiyoti, mamlakatimizning nufuzi va millatimizning kelajagini belgilab beruvchi asosiy kuchdir.

Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va tarbiyaning zamonaviy tizimi, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar – bularning bari yurt farzandlaridan ma’naviy yetuk, ilmli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Farg'ona tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tumandagi 3-umumiy-o 'rta ta'lim maktabining  3-D sinf o'quvchilari bilan "Vatan farzandlari umid nihollari" mavzusida kutubxonaga yangi olingan adabiyotlarni targ'ib qilish bilan davra suhbati tashkillandi.

Oʻxshash yozuvlar

#Vatan_farzandlari_umid_nihollari | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi