Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

"Tong" oromgohida kun Davlat madhiyasi bilan boshlandi

Farg‘ona tumani “Farg‘ona” mahallasi hududida joylashgan “Tong” bolalar oromgohida dam olayotgan yoshlar uchun navbatdagi kun alohida tarzda (https://fargonatuman.uz/news/685383898c7975e775fe3cba) boshlandi.

Oromgohdagi kun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi. Yoshlar harbiy orkestr bilan birgalikda madhiyani kuylab, Vatanga bo‘lgan hurmat va sadoqatlarini yana bir bor namoyon etdilar.

Shundan so‘ng, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir davomida bolalar o‘rtasida turli musobaqa va bellashuvlar tashkil etilib, ishtirokchilar faollik bilan qatnashdilar.

Mazkur tadbir yoshlarning harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirish, jamoaviylikni shakllantirish hamda mazmunli dam olishlarini ta’minlashga xizmat qildi.

Oʻxshash yozuvlar