Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Ta’zim sizga, aziz ustozlar!

Ta’zim sizga, aziz ustozlar!

1-oktyabr  "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman axborot -kutubxona markazi hamda Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘idagi 47-o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ustozlarga hurmat va ehtirom bildirib, o‘quvchilar ijodiy chiqishlari, sahna ko‘rinishlari va kitob ko‘rgazmalari taqdim etildi.

Ustozlarning fidoyiligi, sabri va mehnati yuksak qadrlanib, ularga minnatdorchilik izhor qilindi.

Aziz ustozlar! Sizlarning sharafli mehnatingiz oldida bosh egamiz.

Oʻxshash yozuvlar

Ta’zim sizga, aziz ustozlar! | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi