Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7–9-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7-9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Prezidentimiz “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Maslahat uchrashuvi kun tartibidan siyosiy-diplomatik hamkorlikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlarni amalga oshirish, madaniyat, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamda yoshlar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashish koʻzda tutilgan.
MDH davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. MDH tashkil etilganining 35 yilligini nishonlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tadbirlar yakunida qoʻshma hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish

