Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_oʻchmasdir

  

 

O‘tgan asrning eng og‘ir, eng adolatsiz sahifalaridan biri — qatag‘on yillari xalqimiz qalbida bitmas jarohat, milliy xotiramizda esa abadiy iz bo‘lib qolgan. Bu yillarda minglab begunoh insonlar “xalq dushmani” tamg‘asi bilan aybsizga ayblanib, hayotidan, erkinligidan, oilasidan ayirilgan. Ularning orzulari to‘xtadi, ammo ulardan qolgan ibrat, adolatga intilish va vatanparvarlik ruhi hech qachon so‘nmaydi.

Bugun biz qatag‘on qurbonlarini yod etarkanmiz, faqat tarixni eslamaymiz — adolat, erkinlik va tinchlikning qadriga yanada chuqurroq yetamiz. Ular jasorat bilan yashagan, ilm-u ma’rifat, xalq ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan insonlar edi.

Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazi  va tuman ixtisoslashgan maktab o'quvchilari bilan "Qatag‘on qurbonlarining xotirasi o'chmasdir" mavzusida kitoblar taqdimoti va  koʻrgazmasi tashkillandi. Tashkillangan kitob ko'gazmasi oldida davra suhbati bo'ilb o'tdi.

Oʻxshash yozuvlar

#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_oʻchmasdir | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi