#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_oʻchmasdir

#Qatagʻon_qurbonlari_xotirasi_oʻchmasdir
O‘tgan asrning eng og‘ir, eng adolatsiz sahifalaridan biri — qatag‘on yillari xalqimiz qalbida bitmas jarohat, milliy xotiramizda esa abadiy iz bo‘lib qolgan. Bu yillarda minglab begunoh insonlar “xalq dushmani” tamg‘asi bilan aybsizga ayblanib, hayotidan, erkinligidan, oilasidan ayirilgan. Ularning orzulari to‘xtadi, ammo ulardan qolgan ibrat, adolatga intilish va vatanparvarlik ruhi hech qachon so‘nmaydi.
Bugun biz qatag‘on qurbonlarini yod etarkanmiz, faqat tarixni eslamaymiz — adolat, erkinlik va tinchlikning qadriga yanada chuqurroq yetamiz. Ular jasorat bilan yashagan, ilm-u ma’rifat, xalq ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan insonlar edi. Ularning fidoyiligi, matonati, millatga bo‘lgan sadoqati biz uchun ibrat maktabidir.
Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazida "Qatag‘on qurbonlarining xotirasi oʻchmasdir" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkillandi.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
