“O'zbek she'riyatining porloq siymosi”

“O'zbek she'riyatining porloq siymosi”
Farg'ona tumani axborot -kutubxona markazi Yanbaroq tarmoq kutubxonasida O‘zbekiston Qahramoni, buyuk shoir Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan adabiy kecha bo'lib o'tdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda shoirning boy ijodiy merosi, vatanparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan she'rlari, xalq qalbidan chuqur joy olgan asarlari haqida so'z yuritildi. Qatnashchilar tomonidan Abdulla Oripov she'rlaridan namunalar ifodali o'qildi, uning hayoti va ijodiga bag'ishlangan fikr-mulohazalar bildirildi. Adabiy kecha davomida shoir ijodining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o'rni, milliy adabiyotimiz rivojiga qo'shgan ulkan hissasi alohida ta'kidlandi.
Bunday tadbirlar orqali yosh avlod qalbida kitobxonlikka bo'lgan muhabbatni oshirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga bo'lgan intilishni mustahkamlash maqsad qilingan. Barchani buyuk shoir ijodini yanada chuqur o'rganishga chorlaymiz!

Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
