Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Ona_tilim_faxrim

Bugungi kunda yurtimizda ona tilimiz davlat tili sifatida yuksak e’tibor va ehtirom bilan qaralmoqda. Har yili 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlanadi. Bu sana — milliy g‘ururimiz, tilimizga bo‘lgan muhabbatimizning ramzidir.

Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazi va tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari bilan hamkorlikda "Ona tilim-faxrim"mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. 
Tadbir davomida maktabning 8-sinf oʻquvchilar oʻrtasida mavzu boʻyicha tanlov tashkillandi.

Oʻxshash yozuvlar