Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

"Nafis satrlar" davra suhbati o'tkazildi

"Nafis satrlar" davra suhbati o'tkazildi

    

 "Nafis satrlar" davra suhbati o'tkazildi

Fargʻona tumani axborot-kutubxona markazida yozuvchi, shoir, dramaturg hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Omon Muxtor tavalludining 85 yilligi munosabati bilan "Nafis satrlar" nomli davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida adibning serqirra ijodi, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi hamda asarlarida ilgari surilgan yuksak insoniy fazilatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar Omon Muxtorning hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib, uning asarlari yuzasidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar kitobxonlarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish va buyuk adiblarimiz merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Oʻxshash yozuvlar

"Nafis satrlar" davra suhbati o'tkazildi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi