Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Muzeyga_sayohat

    

     

#Muzeyga_sayohat

Muzey – bu tarix nafasi ufurib turgan, o‘tmish va bugun o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaruvchi bebaho maskandir. Unda har bir eksponat, har bir surat yoki qadimiy buyum insoniyatning uzoq yillik tajribasi, hayoti, madaniyati haqida hikoya qiladi. Shuning uchun ham muzeyga sayohat nafaqat hordiq, balki katta ma’naviy oziqdir.

Bugungi kunda o‘quvchilar, yoshlar va turli kasb egalari uchun muzeyga tashrif uyushtirilishi ularning dunyoqarashini kengaytirishga, tarixni teranroq anglashga xizmat qilmoqda. Muzeyda ko‘plab tarixiy hujjatlar, buyumlar, arxeologik topilmalar, mashhur shaxslar hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish mumkin.

Fargʻona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi 26-musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari bilan tarixiy muzeyga sayohat tashkillandi.

Oʻxshash yozuvlar

#Muzeyga_sayohat | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi