Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Milliylik_millatning_tarixi_va_ruhi

#Milliylik_millatning_tarixi_va_ruhi

 

  

#Milliylik_millatning_tarixi_va_ruhi

Milliylik - bu millatning asrlar davomida shakllangan tarixi, urf-odatlari, an’analari, tili va ma’naviy qadriyatlarining yaxlit ifodasidir. Har bir xalq o‘z milliyligi orqali dunyoda taniladi, o‘zligini anglaydi va kelajak sari dadil qadam tashlaydi.

Millat tarixi xalqning bosib o‘tgan yo‘li, quvonch va sinovlari, g‘alaba va yo‘qotishlari bilan chambarchas bog‘liq. Ana shu tarixiy tajriba milliy ongni shakllantiradi, jamiyatni birlashtiradi. Milliylik avloddan avlodga o‘tib, xalqning ma’naviy poydevorini mustahkamlaydi.

Shu bois milliylikni anglash va asrash har bir insonning muqaddas burchi bo‘lib, u millat tarixini e’zozlash, qadriyatlarni davom ettirish orqali o‘z ifodasini topadi.

Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazida "Milliylik-millatning tarixi va ruhi" rukinida rasmli koʻrgazmalar tashkillandi.

Oʻxshash yozuvlar

#Milliylik_millatning_tarixi_va_ruhi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi