Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Maromiylik

#Maromiylik

#Maromiylik

Farg'ona tumani axborot -kutubxona markazida “Maromiylik” loyihasi doirasida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati  o‘tkazildi. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari, mahalla raislari, otinoyilar, nuroniylar, mahalla faollari ishtirok etdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar “Maromiylik” loyihasining jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, isrofgarchilikning oldini olish hamda milliy qadriyatlarga asoslangan hayot tarzini keng targ‘ib etishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar.

      

Oʻxshash yozuvlar