Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Mârifiy_uchrashuv

#Mârifiy_uchrashuv

Fargona tumanida bir guruh faollar, ziyolilar, maahalla raislari, nuroniylar, otinoyilar, imom xatiblar, yoshlar, xotin-qizlar va harbiy soha vakillari ishtirokida ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga  yetkazish hamda mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalariga e'tibor qaratildi. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugun Yangi O'zbekistonda har jabhada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning hayotimizda bo’y ko’rsatayotgan natijalarini e’tirof etdi.  Bugungi geosiyosiy jarayonlarda  eng bebaho ne'mat - tinchlik va xotirjamlikni teran xis etib, tashqi tahdidlar, mafkuraviy hurujlar davrida ma’nan xushyor bo'lib, ma’rifatni mahkam tutish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladi.
Tadbirda Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari kitob koʻrgazmasi bilan ishtirok etdilar.

    

 

Oʻxshash yozuvlar

#Mârifiy_uchrashuv | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi