Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Màrifatparvar_ayollarnung_ibratli_hayot_yòli

Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida "Ma‘rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘li" mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg'ona tumani MMTBga qarashli 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Mirzayeva Mahliyoxon bilan suhbat olib borildi. Mahliyoxon 1979-yil 26-iyun kuni Vodil qishlog‘ida tug‘ilgan. 1999- yildan buyon ta‘lim sohasida faoliyat olib bormoqda.
Qahramonimiz bugungi kunda targ'ibot ishlari orqali xotin-qizlar va o‘quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilishga o'z hissasini qo'shmoqda.O‘z oldiga ma‘naviy dunyoqarashni yuksaltirish va har bir xonadonda kitob mutolaasini kun tartibiga kiritishni maqsad qilib olgan.

Oʻxshash yozuvlar