Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“Ma’rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li”

“Ma’rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li”

     

Farg‘ona tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari "Ayolga e’tibor-jamiyatga eʼtibor " nomli loyiha asosida Fargʻona tumani "Dilnavoz,Sarvinoz fayz" davlat xususiy sherikchilik ta’limi mudirasi bilan "Ma’rifatli ayol -ibratli xayot yoʻli" mavzusida suhbatni tashkilladilar.

Suhbat Fargʻona tumani "Dilnavoz, Sarvinoz fayz" davlat xususiy sherikchilik asosida faoliyat olib borayotgan bolalar bogʻchasi mudirasi Madaminova Muyassar Aliyevna bilan  boʻlib oʻtdi.  Muyassarxon Opa 34 yildan buyon  jajji bolajonlar tarbiyasiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotganligini toʻlqinlanib soʻzlab berdi.

Suhbat davomida mehmonimiz ma’rifatli ayolning ibratli hayot yo‘li, uning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rni yuzasidan qiziqarli ma’lumotlarni berdi. Tadbir savol-javoblar va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.

Oʻxshash yozuvlar