Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli

#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli

#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida “Ma’rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda faol ayollar, hamda yosh kitobxonlar ishtirok etib, ayolning jamiyatdagi o‘rni, ma’naviyati va tarbiyadagi beqiyos roli haqida fikr almashildi. 

Tadbirda ko'p yillar taʼlim sohasida yoshlarga bilim berib kelayotgan, Xalq demokratik partiyasi tuman boʻlimi raisi Toʻxtasinova Naziraxon mehmon bo'ldi.
Suhbat davomida ma’rifatli ayolning oila va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar o‘z hayotiy tajribalari, ibratli yo‘llari bilan o‘rtoqlashib, yig‘ilganlarga motivatsiya bag‘ishladilar.

Tadbir yakunida kitob mutolaasi, o‘z ustida ishlash va ma’naviy kamolot sari intilish har bir ayol uchun muhim ekani yana bir bor e’tirof etildi.
Ma’rifatli ayol — jamiyat ko‘zgusi, kelajak poydevoridir!

 

Oʻxshash yozuvlar

#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi