#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli



#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Ma’rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li” loyihasi doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni – Farg‘ona tumani hokimining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Obidova Maftunaxon bo‘ldi. Suhbat davomida davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni, til madaniyati va nutq savodxonligini oshirish, hujjatlar yuritishda davlat tiliga hurmat va mas’uliyat bilan yondashish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi.
Maftunaxon Obidova o‘zining hayot yo‘li, mehnat faoliyati va erishgan yutuqlari haqida so‘zlab, yosh avlodga ibrat bo‘ladigan tavsiyalar berdi. Ayniqsa, ayollarning jamiyatdagi faolligi, ma’naviy yetukligi va ma’rifatli bo‘lishi oiladan boshlanishi ta’kidlandi.
“Ma’rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li” loyihasi doirasidagi bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom etadi
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
