Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli

Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari "Ma’rifatli ayol- ibratli hayot yo'li"  mavzusida Farg‘ona tumanida faoliyat yurituvchi hunarmand ayol Sadoqat Mirzayeva bilan suhbat bo'lib o'tdi. U mahalliy ayollarni o‘qitish va ish bilan ta’minlash orqali o‘z jamoasiga katta hissa qo‘shmoqda.  U “Art House Sadosh” xususiy korxonasi rahbari sifatida an’anaviy liboslar, ayollar sumkalari, qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar va turli aksessuarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 
Mirzayeva o‘zining ijtimoiy faoliyati bilan ham tanilgan.  U Britan Kengashining “Crafting Futures” loyihasida ishtirok etgan bo‘lib, bu orqali o‘z tajribasini boshqalar bilan baham ko‘rgan. 
Uning rahbarligidagi “Art House Sadosh” korxonasi nafaqat mahalliy bozorda, balki xalqaro miqyosda ham o‘z mahsulotlari bilan tanilmoqda.  Mirzayeva ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan ishlari bilan ham e’tirof etilgan.

Oʻxshash yozuvlar

#Mârifatli_ayol_ibratli_hayot_yoʻli | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi