Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Kitobxonlik haftaligi Ijodiy uchrashuv

Kitobxonlik haftaligi Ijodiy uchrashuv

#Ijodiy_uchrashuv

Ijodiy uchrashuv taassurotlarga boy o‘tdi!
Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi” doirasida "Kitobsevar millat" shiori ostida
taniqli yozuvchi va shoir Aʼzam Ismoil bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv kitobxonlar, yosh ijodkorlar hamda adabiyot ixlosmandlari uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Tadbir davomida ijodkor o‘zining hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, yozgan asarlari hamda adabiyotga bo‘lgan muhabbati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, she’riy namunalardan bahramand bo‘ldilar.

Tadbirga tuman ixtisoslashgan maktab o'quvchilari, tumandagi 3- son texnikum o'quvchilari, hamda bilimga chanqoq kitobxonlar ishtirok etdilar. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlarni kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.

 Bunday uchrashuvlar kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

     

 

Oʻxshash yozuvlar

Kitobxonlik haftaligi Ijodiy uchrashuv | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi