#kitobxonlik_haftaligi

#Yoshlar_kuni
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida hamda "Yoshlar kuni" munosabati bilan Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi va Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida shoir Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan “Muhammadni so'rab keldi bahorlar” nomli xotira kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida shoirning hayoti va ijod yo‘liga nazar tashlandi, uning Vatanga, muhabbatga, ona yurtga bo‘lgan cheksiz mehrini ifoda etgan she’rlari yangradi. Ishtirokchilar tomonidan shoir qalamiga mansub dilbar satrlar ifodali o‘qilib, barchaga unutilmas ruhiy zavq ulashildi.
Xotira kechasida Muhammad Yusufning boy adabiy merosi, xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan asarlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shoir ijodi bugungi kunda ham yoshlar qalbida vatanparvarlik, sadoqat va samimiyat tuyg‘ularini uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
