Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Kitobxon_rahbar_klubi

      

#Kitobxon_rahbar_klubi

Bugun Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon rahbar” klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat axborot-kutubxona markazi rahbariyati hamda tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi rahbari M. Umirjonova Chingiz Aytmatovning “Birinchi muallim” asarini mahorat bilan sharhlab berdi.

Shuningdek, tadbirda Farg‘ona tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari tomonidan sahna ko‘rinishlari mohirona ijro etildi.

Klub ishtirokchilari o‘z faoliyatlaridagi yutuq va muammolar, shuningdek, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Tadbir yakunida viloyat axborot-kutubxona markazi direktori H. Shermatova kutubxonalar faoliyatida uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari haqida to‘xtalib, qonun va me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal qilish hamda ijro intizomini har bir bo‘g‘inda ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Oʻxshash yozuvlar

#Kitobxon_rahbar_klubi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi