Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Kitobxon_ona_kitobxon_bola

#Kitobxon_ona_kitobxon_bola

Oilada kitobxonlik muhiti shakllansa, farzandning dunyoqarashi keng, tafakkuri teran va nutqi ravon bo‘lib ulg‘ayadi. Ona qo‘lida kitob bo‘lsa, bola ham kitobga mehr qo‘yadi. Zero, farzand tarbiyasida eng katta ibrat - bu ota-onaning shaxsiy namunasidir.
Mazkur loyiha doirasida onalar va bolalar uchun birgalikda kitob mutolaasi, ertak o‘qish soatlari, suhbat va muhokamalar tashkil etiladi. Tadbirning asosiy maqsadi - oilada kitob o‘qish an’analarini mustahkamlash, yosh avlod qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish hamda ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashdir.
Farg'ona tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida yuqoridagi loyihasi doirasida "Novkent" mahalla fuqarolar yig'ini, "Navqiron" ko'chasi 91 uyda yashovchi Bozorova Gulchehra opa xonadonida bo'lib, kitob o'qish haqida bahslashib, davra suhbati tashkilladilar.

        

Oʻxshash yozuvlar

#Kitobxon_ona_kitobxon_bola | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi