Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda

 

   
Bugun Fargʻona tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari 3-son DMTT katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan "Kitobxon avlod" loyihasi doirasida oʻzbek xalq ertaklariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazdilar.

Suhbat davomida jajji kitobxonlar onajonlari va ustozlari aytib bergan "Zumrad va Qimmat" hamda "Kenja botir" ertaklari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, xalq ogʻzaki ijodiga mehr uygʻotish va ezgu fazilatlarni tarbiyalashga xizmat qildi.

 

Oʻxshash yozuvlar

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi