Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda

      

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda

Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari "Kitobxon avlod" loyihasi doirasida tumandagi 3-son DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirokida ertaklar asosida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlar sevimli ertak qahramonlari, ertaklarning mazmuni hamda ularda ilgari surilgan ezgulik, halollik va doʻstlik kabi fazilatlar haqida fikr almashdilar. Interaktiv savol-javoblar va qiziqarli suhbatlar orqali kichkintoylarning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Yosh avlod qalbida kitobga mehr uygʻotish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish yoʻlidagi bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.

Oʻxshash yozuvlar

"Kitobxon avlod" loyihasi davom etmoqda | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi