Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

“Kitobsevar millat” shiori ostida Vl Respublika “Kitobxonlik haftaligi”

“Kitobsevar millat” shiori ostida Vl Respublika “Kitobxonlik haftaligi”

 “Kitobsevar millat” shiori ostida Vl Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Fargʻona tumani axborot -kutubxona markazida  “Fargʻona viloyati joy nomlarining izohli lugʻati” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.

Fargʻona viloyatida hududimiz tarixiy-geografik nomlarini oʻrganishga bagʻishlangan muhim tadbir — “Fargʻona viloyati joy nomlarining izohli lugʻati” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotni tumani hokimi maslahatchisi Maftunaxon Obidova olib bordi.

Mazkur kitobda viloyatdagi joy nomlarining kelib chiqishi, ma’nosi va tarixiy ildizlari batafsil yoritilgan boʻlib, u nafaqat tadqiqotchilar, balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham qimmatli manba hisoblanadi.

Tadbir davomida mutaxassislar va kitobsevarlar tomonidan asarning ahamiyati, undagi ilmiy yondashuv hamda yosh avlod tarbiyasidagi oʻrni alohida ta’kidlab oʻtildi.

? Ushbu kitob yurtimiz tarixini chuqurroq anglash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash yoʻlida muhim qadamdir.

   

Oʻxshash yozuvlar

“Kitobsevar millat” shiori ostida Vl Respublika “Kitobxonlik haftaligi” | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi