Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Kitob_tavsiyasi

#Kitob_tavsiyasi

      

#Kitob_tavsiyasi

Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari "Bo'ston" mahalla fug'orolar yig'ini aholisi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirish maqsadida uyushmagan aholi vakillari bilan kitob targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga badiiy va zamonaviy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berilib, mutolaaning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida suhbat olib borildi.
Shuningdek, kitob mutolaasi orqali yoshlarni vatanparvarlik, ezgulik va ma’naviyat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan kitoblari haqida fikr almashib, yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Oʻxshash yozuvlar