Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

#Kitob_mânaviyat_xazinasi

#Kitob_mânaviyat_xazinasi

Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek xalq ertaklaridan biri — “Sehrgarning uzugi” asari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda kitobxonlar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Suhbat davomida ertakning mazmun-mohiyati, undagi ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, halollik, jasorat va aql-zakovat kabi fazilatlar keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar asar qahramonlari xatti-harakatlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ertakdan olgan saboqlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida faol qatnashgan kitobxonlar rag‘batlantirildi hamda barchaga milliy ertaklarimizni mutolaa qilish tavsiya etildi.

      

Oʻxshash yozuvlar