#Jahon_adabiyoti_durdonalari


Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazimizda tashkil etilgan "Jahon adabiyoti durdonalari" nomli kitob ko'rgazmasi oldida kitobxonlar bilan mazmunli suhbat bo'lib o'tdi.
Suhbat jarayonida ishtirokchilar William Shakespeare, Lev Tolstoy, Honoré de Balzac, Johann Wolfgang von Goethe, Ernest Hemingway kabi ijodkorlarning asarlari, ularning insoniyat tafakkuri va ma’naviy kamolotiga qo‘shgan hissasi haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Ta’kidlab o'tildiki, jahon adabiyoti – millat tanlamaydi, u butun insoniyat qalbini birlashtiradi. Asarlarda aks etgan muhabbat, sadoqat, jasorat, adolat va insoniylik g'oyalari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.
Ko'rgazma davomida kitobxonlar o'zlari sevgan asarlar haqida so'z yuritib, yangi adabiyotlar bilan tanishdilar. Tadbir barchada kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Kitob – tafakkur qanoti, ma’naviyat chirog'i!
Sizni ham "Jahon adabiyoti durdonalari" ko'rgazmasiga chorlab qolamiz!
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
