"Ikki buyuk siymo – bir buyuk meros"



"Ikki buyuk siymo – bir buyuk meros"
Bugun Farg'ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek mumtoz adabiyoti va jahon madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan, so‘z san’ati osmonida porlab turgan ikki buyuk siymo - Hazrat Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludini yuksak ehtirom bilan "Ikki buyuk siymo- bir buyuk meros" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkillandi.
Navoiy va Bobur ijodi - milliy o‘zlik, ona tiliga muhabbat, ilm-fan va komil inson tarbiyasi yo‘lida bitilgan bebaho xazina. Ularning boy ma’naviy merosi yosh avlodni vatanparvarlik, ezgulik va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi tadbirga Respublika ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'limi rahbari M.Maxmudova, tuman hokimi til bo'yicha maslahatchisi M.Obidova O'zbekiston XDP Farg'ona tuman kengashi raisi N.To'xtasinovalar mehmon sifatida taklif qilindi.
Tadbirda 3-son texnikumi o'quvchilari hamda 3-5-43- umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari faol ishtirok etdilar.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
