SOG‘LOM HAYOT — BAXTLI KELAJAK POYDEVORI!

SOG‘LOM HAYOT — BAXTLI KELAJAK POYDEVORI!
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida 9229 harbiy qism xodimlari ishtirokida “Sog‘lom hayot — baxtli kelajak poydevori!” mavzusida giyohvandlik qarshi kurashishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 9229 harbiy qism vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Olimjonov Saidakmal giyohvandlikning inson salomatligi, oila farovonligi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari hamda yoshlarni zararli illatlardan asrash masalasida ma'ruza qildi.
Ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi- aholining, ayniqsa, yoshlarning giyohvandlikka qarshi immunitetini mustahkamlash, sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish hamda jamiyatda zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Fotogalereya
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
