Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Farg‘ona tumanida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi

Farg‘ona tumanida O‘zbek tili bayrami keng nishonlandi

Farg‘ona tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Jonajon tilim — iftixorim!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi Soxibjamol Tongatarova, tuman hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Toshpo‘latov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Nargiza Ortiqova va A’zam Ismoil, shuningdek, tumani axborot -kutubxona markazi, faxriylar, ta’lim sohasi vakillari hamda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz va ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, boy adabiy merosimizni asrash, davlat tilining nufuzini oshirish hamda yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ishtirokchilar ona tilimiz sofligini saqlash, uning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish va kelajak avlodga bezavol yetkazish har birimizning muhim vazifamiz ekanini ta’kidladilar.

Fotogalereya

Oʻxshash yozuvlar