Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Fargʻona viloyati tarixiy muzeyida “Logʻon” qishlogʻi tarixi burchagi tashkil etildi

Fargʻona tumani “Vaziyo” mahallasida istiqomat qiluvchi, Buxoro davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti bitiruvchisi Abduxoshim Mahammadov tashabbusi bilan Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida “Logʻon” qishlogʻi tarixiga bagʻishlangan eksponatlar burchagi tashkil etildi.

Mazkur tashabbus joriy yil iyul oyida Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov raisligida oʻtkazilgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da ilgari surilgan edi. Tuman hokimligi ko‘magida amalga oshirilgan mazkur loyiha doirasida qishloqning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati va urf-odatlarini yorituvchi tarixiy eksponatlar jamlanmasi tayyorlandi.

Bugun ushbu burchakning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Fargʻona tumani hokimi oʻrinbosari Ilhomjon Toshpoʻlatov ishtirok etib, yosh tadqiqotchi Abduxoshim Mahammadovning tarixga boʻlgan e’tibori va saʼy-harakatlarini e’tirof etdi.

Oʻxshash yozuvlar

Fargʻona viloyati tarixiy muzeyida “Logʻon” qishlogʻi tarixi burchagi tashkil etildi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi