Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi

Fargʻona tumanida “Zakovat” intellektual bellashuvining mahalla bosqichi oʻtkazildi

Fargʻona tumanida “Zakovat” intellektual bellashuvining mahalla bosqichi oʻtkazildi

Fargʻona tumanida “Zakovat” intellektual bellashuvining mahalla bosqichi oʻtkazildi

“Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Fargʻona tumani hokimi Xamidullo Inomov hamda tuman prokurori Oybek Toshpulatovlar Fargʻona tumani “Novkent” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi tuman Axborot-kutubxona markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual bellashuvining mahalla bosqichida ishtirok etdilar. Mazkur bellashuvda mahalla yoshlari oʻz bilim va tafakkur salohiyatini namoyon etib, turli savollarga tezkor va aniq javob berish orqali oʻzaro bellashdilar. Tadbir davomida mas’ullar yoshlar bilan muloqot qilib, ularning bilim olishga boʻlgan intilishi, tashabbuslari hamda kelajak rejalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish hamda intellektual rivojlanishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

       

Oʻxshash yozuvlar

Fargʻona tumanida “Zakovat” intellektual bellashuvining mahalla bosqichi oʻtkazildi | Farg’ona tumani axborot-kutubxona markazi