“ENG YAXSHI YOSH KITOBXON” TANLOVINING TUMAN BOSQICHI


Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi hamda Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida Farg‘ona tumani Favqulodda vaziyatlar tizimining yosh xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim va dunyoqarashini yuksaltirishdan iborat.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik saviyasi, bilim va tafakkuri hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tanlov yakunida ishtirokchilarning bilim va salohiyati munosib baholanib, g‘olib va faol qatnashchilar taqdirlandi.
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
